Barcha yangiliklar
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
Gallery image 100540
Gallery image 100541
Gallery image 100542
Gallery image 100543
Gallery image 100544
Gallery image 100545
Gallery image 100546
Gallery image 100547
Gallery image 100548
Gallery image 100549
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
13 Mar 2026
18:33

HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich o‘zi saylangan okrug “Bo‘ston” MFY hududida joylashgan Bo‘ston madaniyat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida madaniyat markazining moddiy-texnik bazasi, binoning umumiy holati, to‘garaklar faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati o‘rganildi. Xususan, markazda faoliyat yuritayotgan ijodiy to‘garaklar, yoshlar va xotin-qizlar uchun tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.Suxbat jarayonida hozirda Madaniyat markazida 2 xil to‘garaklar faoliyat yuritayotgani ma`lum bo`ldi. Shuningdek, binoda mavjud jihozlar, sahna anjomlari holati ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan hududda madaniyat muassasalari faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Madaniyat markazining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha jamoatchilik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.