Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 2-sonli “A.Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputat Xodjiev Shodiyar Shamuratovich tuman markazidan oqib o‘tuvchi “Ellikqal’a” kanali sohil bo‘yida aholiga qulaylik yaratish, hududning obodonligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Gallery image 100503
Gallery image 100504
Gallery image 100505
BABADJANOV RUSTAMBEK FAYZULLAYEVICH
13 Mar 2026
18:02

Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 2-sonli “A.Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputat Xodjiev Shodiyar Shamuratovich tuman markazidan oqib o‘tuvchi “Ellikqal’a” kanali sohil bo‘yida aholiga qulaylik yaratish, hududning obodonligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 2-sonli “A.Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputat Xodjiev Shodiyar Shamuratovich tuman markazidan oqib o‘tuvchi
“Ellikqal’a” kanali sohil bo‘yida aholiga qulaylik yaratish, hududning obodonligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
 

Mazkur tashabbus doirasida kanal sohil bo‘yini obodonlashtirish, aholi va mehmonlar uchun dam olish maskanlarini tashkil etish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek hududni yanada ko‘rkam va jozibador maskanga aylantirish maqsad qilinmoqda. 

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar tuman markazining qiyofasini yanada yaxshilash, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun sharoit yaratish hamda hududda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Shuningdek, kelgusida kanal sohil bo‘yida zamonaviy infratuzilmaga ega xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etish, hududni obodonlashtirish va ekologik muhitni yanada
yaxshilash bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.