Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi va Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi qoʻshma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 100369
Gallery image 100370
Gallery image 100371
Gallery image 100372
Gallery image 100373
Gallery image 100374
Gallery image 100375
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
13 Mar 2026
15:16

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi va Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi qoʻshma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raislari hamda komissiya a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Marg‘ilon shahar Elektr ta’minoti korxonasi rahbari M. Mo‘minov hamda “Hududgaz Farg‘ona” GTF “Marg‘ilonshahargaz” bo‘limi rahbari A.Olimov tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yil uchun belgilangan rejalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, 2026-yilda elektr tarmoqlarini yaxshilash maqsadida 36 ta transformator punkti hamda 41,1 km 0,4–6/10 kV elektr tarmoqlari mukammal ta’mirlanishi, shuningdek 103 ta transformator punkti va 120 km tarmoqda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan ma’lumotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati kuchaytirilishi ta’kidlandi.