Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati K.Axmedova oʻz saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini nazorat tartibida oʻrgandi.
Gallery image 100318
Gallery image 100319
Gallery image 100320
Gallery image 100321
Gallery image 100322
Gallery image 100323
Gallery image 100324
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
13 Mar 2026
14:40

Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati K.Axmedova oʻz saylov okrugida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini nazorat tartibida oʻrgandi.

Oʻrganish jarayonida aholining bandligini ta'minlash, oilaviy daromad manbalarini kengaytirish va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, issiqxonalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni qoʻllash, hosildorlikni oshirish hamda qoʻshimcha daromad manbalarini yaratish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday ishlar aholining bandligini ta'minlash, kambagʻallikni qisqartirish va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.