Barcha yangiliklar
Ijtimoiy xodim ish faoliyati o’rganildi.
Gallery image 100268
SOLIYEVA GULRUH SANOYEVNA
13 Mar 2026
14:01

Ijtimoiy xodim ish faoliyati o’rganildi.

Romitan tuman Bobur mahalla fuqarolar yig’ini ijtimoiy xodimining ish faoliyati 3-saylov okrugi deputat Sh.Musayeva nazoratida o’rganildi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Mahallada tazyiqga uchragan oilalar, “Ijtimoiy restir”da turuvchi oilalar, chin yetim bolalar, nogironligi bo’lgan shaxslar va yakka yolg’iz yashovchi keksa onaxonlarning ijtimoiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ko’rib chiqdi.

Shuningdek, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalarga ko’rsatilayotgan ijtimoiy yordam masalalariga alohida e’tibor qaratib, ijtimoiy xodim tomonidan aholi murojaatlarini qabul qilish va ularni o’z vaqtida ko’rib chiqish holatini deputat nazoratiga oldi.