Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlarining  faoliyati yanada samarali tashkil etilmoqda
Gallery image 100258
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
13 Mar 2026
13:56

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlarining faoliyati yanada samarali tashkil etilmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari faoliyatini tashkiliy va axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash, murojaatlar bilan ishlash hamda o‘rganishlar olib borishda ko‘maklashish uchun kotibiyat xodimlari biriktirildi. Bu esa deputatlarning hududlardagi muammolarni tezkor o‘rganishi va ularni hal etish bo‘yicha ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, deputatlarning faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ularning amalga oshirayotgan ishlari haqida aholiga muntazam ma’lumot berib borish maqsadida Telegram kanalida chiqish grafigi ham tasdiqlandi. Ushbu grafik asosida deputatlar o‘z saylov okruglarida amalga oshirilayotgan ishlar, uchrashuvlar hamda ko‘tarilgan muammolar yuzasidan axborot berib boradilar.