Barcha yangiliklar
Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda.
Gallery image 100243
Gallery image 100244
Gallery image 100245
Gallery image 100246
Gallery image 100247
IMOMOV BEHRUZ DILMURODOVICH
13 Mar 2026
13:26

Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida joylarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining 23-Quchoq saylov okrugi deputati Nurullayev Zavqiddin Zaripovich tashabbusi bilan tuman siyosiy partiyalari vakillari hamkorligida tumandagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza hamda tarbiyalanuvchilarning kunlik mashg‘ulotlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati