Barcha yangiliklar











PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
13 Mar 2026
13:08
13-14-mart kunlari umumxalq xayriya hashari
Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan 13-14-mart kunlaridagi
umumxalq xayriya hashari doirasida Shahrisabz tumanida keng ko‘lamli
obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov hamda deputatlar Z.Elboyev, A.Hasanov,
A.Baratovlar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda
joylarda mevali va manzarali ko‘chatlar ekishdi. Deputatlarning ushbu
tashabbusi hududning ekologik qiyofasini yaxshilash va “Yashil makon”
loyihasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.