Barcha yangiliklar
Депутат хамда "Махалля йеттилиги" хамкорлигиги
Gallery image 10141
Gallery image 10142
Gallery image 10143
Gallery image 10144
Gallery image 10145
Gallery image 10146
Gallery image 10147
Gallery image 10148
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
14 May 2024
17:12

Депутат хамда "Махалля йеттилиги" хамкорлигиги

 Deputatlar
hamda "Mahalla yettiligi" hamkorligi
 

  

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Rustamjon Karimov, Voxidjon Axmdjonov
va kotibiyat bosh mutaxassisi Shuxratjon
Raximovlar tomonidan tumandagi “Beruniy”, “Yordon”,
“Mehnatobod” va Kaptarxona mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib
borayotgan "Mahalla yettiligi" a'zolari bilan hamkorlikda
o'rganishlar olib borildi.
 

  

🔷 Mahalliy Kengash deputatlari o‘zlari
biriktirilgan mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish
faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, “Ayollar daftari”ga kiritilgan
xotin-qizlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, xotin-qizlarning
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kreditlarni to‘g‘ri ajratish
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini ham ko'rib chiqdilar.
 

🔷 O‘rganishlar davomida fuqaro
murojaati yuzasidan mahalla yettiligi bilan birgalikda Beruniy MFY, A.Qaxxor
ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.R.larning xonadonida bo‘lib, oilada o‘zini-o‘zi
band qilish va oila jamg‘armasiga mablag‘ olib kelish istagida bo‘lgan, lekin hozirda
kichik yoshdagi farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan fuqaroga
hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi uchun kredit ajratish masalasini ko‘rib
chiqishga kelishildi.