Barcha yangiliklar
Mahalla obodligi — ko‘ngil obodligi: Deputat tashrifi
Gallery image 100228
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
12 Mar 2026
13:04

Mahalla obodligi — ko‘ngil obodligi: Deputat tashrifi

Mahalla obodligi — ko‘ngil obodligi: Deputat tashrifi

🎆Xalq bilan muloqot qilish, aholi tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bugun har bir xalq vakilining ustuvor vazifasiga aylangan. Shu munosabat bilan, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Kamolov Oqostona mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan xayrli ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🎆Tashrif davomida deputat mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida aholi tomonidan ko‘rsatilayotgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, Oq ostona mahallasida istiqomat qiluvchi, saxovatpesha fuqaro Imomov G‘affor tomonidan katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganligi e’tirof etildi.

🎆Amalga oshirilgan ish: Oqostona ko‘chasining 350 metr masofasi to‘liq betonlashtirildi.

🎆Deputat ushbu xayrli ishning tashabbuskori G‘affor Imomovga va jarayonda faol ishtirok etgan mahalla ahliga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bu kabi ishlar "Mahalla obod — yurt obod" g‘oyasining amaldagi yorqin ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.