Barcha yangiliklar
Ekologik barqarorlik – asosiy maqsadimiz
Gallery image 100149
Gallery image 100150
Gallery image 100151
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
13 Mar 2026
12:25

Ekologik barqarorlik – asosiy maqsadimiz

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan 13-14-mart kunlaridagi umumxalq xayriya hashari Shahrisabz tumanida ham ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. 

Xususan, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati N.Razzoqova boshchiligida yoshlar bilan birgalikda “Yashil makon” loyihasi doirasida turli xildagi mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Bu kabi tadbirlar nafaqat tabiatni asrashga, balki yoshlar qalbida ona zaminga muhabbat uyg‘otishga xizmat qiladi.