Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiya
Gallery image 100130
Gallery image 100131
Gallery image 100132
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
12 Mar 2026
00:00

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiya

#SESSIYA

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi **“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi PQ-153-sonli qarorining tumanimizdagi ijrosi masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur qarorga muvofiq, Payariq tumanida yoshlarni qishloq xo‘jaligi faoliyatiga keng jalb etish, ularning daromadlarini oshirish hamda bandligini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tuman hududida mavjud zaxira yer maydonlari aniqlanib, belgilangan tartibda yoshlar uchun ajratish ishlari tashkil etilmoqda.

Sessiyada ushbu qaror ijrosini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)