Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
Gallery image 99955
Gallery image 99956
Gallery image 99957
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
03 Mar 2026
00:00

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

     Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati Maqsuda Zaripova “Gulobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

     Shuningdek, fuqarolar tomonidan obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini va yo‘l infratuzilmasini hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

     Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ayniqsa hududdagi 80-sonli maktabda va 108 ta xonadonlarda ichimlik suvi muammosiga oid masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.