Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan muloqot
Gallery image 99940
Gallery image 99941
Gallery image 99942
Gallery image 99943
Gallery image 99944
Gallery image 99945
Gallery image 99946
Gallery image 99947
TURAYEVA RA’NO AMONOVNA
12 Mar 2026
09:21

Yoshlar bilan muloqot

 Joriy yilning 12-mart kuni Zarafshon shahar sport maktabida yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Unda Zarafshon shahar hokimi, xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati N.Rahmanov, masʼullar, murabbiylar va sportchi yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda shahrimiz hokimi yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Uchrashuv davomida sportchi yoshlar va murabbiylar tomonidan shahrimizda sportni yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi. Shahrimiz hokimi mazkur takliflar atroflicha oʻrganib chiqilishini maʼlum qildi.