Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Vatan MFYda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Gallery image 99919
Gallery image 99920
Gallery image 99921
Gallery image 99922
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
13 Mar 2026
09:40

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Vatan MFYda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔹Unda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda M.Mirzayev ishtirok etib, hududdagi mavjud holat bilan joyida tanishdilar. O‘rganish davomida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Farg‘ona suv ta'minoti Margʻilon shahar boʻlimiga olib kelingan yangi suv nasosi ko‘zdan kechirildi.

🔹Ma’lumki, avvalroq ushbu masala (https://t.me/kengash_margilon/1747?single) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni ijrosi doirasida ko‘rib chiqilib, shahar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga erishilgan edi.

🔹Hozirda olib borilayotgan ishlar ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun barqaror infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.