Barcha yangiliklar
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
Gallery image 99900
Gallery image 99901
Gallery image 99902
Gallery image 99903
Gallery image 99904
Gallery image 99905
Gallery image 99906
Gallery image 99907
Gallery image 99908
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
12 Mar 2026
09:34

"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi

"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi doirasida Farg‘ona tumanida sanoat zonalari uchun ajratilayotgan yer uchastkalarining amaldagi holati o‘rganildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman Kengashi deputatlari, tuman Kengashi raisi B.Axmadjonov, kotibiyat mudiri Sh.Raximov, bosh mutaxassis O.Dadajonova hamda korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. O‘rganish "A.Raxmonaliev" 1-uchastkasi hududida olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida hududda “Logistika markazi” tashkil etish loyihasi bilan tanishilib, sanoat zonasini barpo etishda kommunikatsiya tarmoqlarida muayyan muammolar mavjudligi aniqlandi. Mas’ullarga ushbu muammolarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Ta’kidlash joizki, mazkur sanoat zonasini tashkil etish hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | YouTube