Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov Yovqochar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla hayoti va aholi bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Gallery image 99713
Gallery image 99714
Gallery image 99715
Gallery image 99716
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
12 Mar 2026
17:47

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov Yovqochar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla hayoti va aholi bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish davomida deputat mahalla nuroniylari hamda profilaktika inspektori bilan muloqot qilib, hududdagi ijtimoiy muhit, aholi osoyishtaligini ta’minlash va hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. 

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganilib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlardan birida bo‘lib, norasmiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati va ularning muammolari bilan ham tanishdi. Mazkur uchrashuvlar mahalladagi mavjud masalalarni joyida o‘rganish va ularni hal etishga xizmat qilmoqda.