Barcha yangiliklar
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Gallery image 99685
Gallery image 99686
Gallery image 99687
Gallery image 99688
Gallery image 99689
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
12 Mar 2026
17:18

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Buloqboshi tumani 13-"Sohibkor" saylov okrugida hududni yanada obod qilish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ko'chalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, hududdagi ariqlarni betonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar suv oqimini tartibga solish, ariqlarning mustahkamligini ta’minlash hamda hududda sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shuningdek, ichki yo‘llarda asfaltlash ishlari jadal sur’atlarda davom etib aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratib, transport qatnovini yanada yengillashtiradi.

Bundan tashqari, piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Yo‘laklar tartibga keltirilib, hududning ko‘rkamligi va qulayligi yanada oshirilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari Sohibkor saylov okrugi hududini yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltirish, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.