Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 99631
Gallery image 99632
Gallery image 99633
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
12 Mar 2026
16:42

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov raislik qildi va olib bordi.

Yig‘ilish davomida Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Z.Xolmatovning joriy yil fevral oyidagi xizmat faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda shaharda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.