Barcha yangiliklar
“SHAMATON” MAHALLASIDA SAYYOR QABUL: AYOLLAR MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
Gallery image 99595
Gallery image 99596
Gallery image 99597
Gallery image 99598
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
12 Mar 2026
16:21

“SHAMATON” MAHALLASIDA SAYYOR QABUL: AYOLLAR MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA

Bugun joylarda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida mahalliy hokimlik va tuman Kengashi deputatlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Z.Aminova, Shahrisabz tumani hokimining o‘rinbosari Sh.Hayitova hamda tuman Kengashi deputati Ch.Rajabovalar “Shamaton” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, bandligi va tadbirkorlik tashabbuslari bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.