Barcha yangiliklar
Xalq dardi bilan yashash – deputatlik burchi
Gallery image 99530
Gallery image 99531
Gallery image 99532
Gallery image 99533
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
12 Mar 2026
15:30

Xalq dardi bilan yashash – deputatlik burchi

Xalq dardi bilan yashash – deputatlik burchi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati O’.O’rozboyev hamda Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati A. Ernazarov tumandagi "Tongotar" mahalla fuqarolar yig'inida saylovchilar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan:

• Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

• 2025-yildagi deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berildi.

• Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi murojaatlarini hal etish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan yo'l ta'mirlash, bandlik yoki tadbirkorlik kabi masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. 

Ko'plab murojaatlar joyida hal etilgan bo'lsa, o'rganish talab etadigan masalalar deputat nazoratiga olindi.