Barcha yangiliklar
#nazorat tadbiri #o'rganish
Gallery image 99500
Gallery image 99501
Gallery image 99502
Gallery image 99503
Gallery image 99504
Gallery image 99505
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
11 Mar 2026
14:52

#nazorat tadbiri #o'rganish

Olmaliq shahar aholisiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda bosh mutaxassis Muhriddin Begmatov ishtirokida shahrimizdagi “Kamalak” va “Koinot” bekatlarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.

📌O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹Avtobuslarning belgilangan jadval asosida muntazam qatnovi;

🔹Bekatlarning sanitar holati va yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar;

🔹Jamoat transportida elektron to‘lov tizimlarining ishlashi va yo‘lovchilarga yaratilgan qulayliklar.

✍️Suhbat jarayonida haydovchi va yo‘lovchilarning takliflari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Maqsadimiz — shahar transport tizimini zamonaviy va qulay ko‘rinishga keltirish!