Barcha yangiliklar
Янгилик
Gallery image 99484
Gallery image 99485
Gallery image 99486
Gallery image 99487
Gallery image 99488
KURBANOV MANSURJON KOMILJON UG‘LI
12 Mar 2026
14:49

Янгилик

Navbatdagi deputat sayyor qabuli.

Joriy yilning 12-mart kuni Namangan tuman 11-Sho'rqishloq saylov okrugi deputati X.Qoraboyev tomonidan  O'lmas, Sho'rqishloq MFY hududi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi rejalar haqida axborot berildi. Fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Barcha masalalar deputat nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga yuborish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar belgilandi. Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tdi.