Barcha yangiliklar
#yettilik #nazorat
Gallery image 99392
Gallery image 99393
Gallery image 99394
Gallery image 99395
Gallery image 99396
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
03 Mar 2026
14:22

#yettilik #nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov saylov okrugi hududida joylashgan "Ahmad Yassaviy" mahallasida bo‘lib, mahalla infratuzilmasi va "mahalla yettiligi" tizimining ishlash jarayonini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida mahalla hayotidagi muhim bo‘g‘inlari hisoblangan quyidagi mas’ullarning faoliyati tahlil qilindi:

✅Mahalla raisi;

✅Hokim yordamchisi;

✅Xotin-qizlar faoli;

✅Yoshlar yetakchisi;

✅Ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori.

✅Muloqot davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, aholi muammolarini manzilli hal etish yuzasidan aniq va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

😀Fuqarolar murojaati — doimiy nazoratda

✅Jarayon shunchaki tahlil bilan cheklanib qolmadi. Kengash raisi hududdagi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularning murojaatlarini tingladi. O‘rganish davomida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha joyida amaliy yordam ko‘rsatildi.

"Maqsadimiz — mahalladagi har bir xonadon muammosidan xabardor bo‘lish va "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamjihatlikdagi samarali faoliyatini ta’minlashdir."