Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 99377
Gallery image 99378
Gallery image 99379
Gallery image 99380
Gallery image 99381
Gallery image 99382
Gallery image 99383
Gallery image 99384
Gallery image 99385
Gallery image 99386
Gallery image 99387
Gallery image 99388
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
12 Mar 2026
14:22

Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi sessiyasida har chorakda deputatlarning saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berishi bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangan. Mazkur grafik asosida bugun xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Gulbog' saylov okrugidan saylangan deputat Xalmatov Isoqul Amandavlatovich tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov “Gulbog' ” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✅Uchrashuv avvalida deputat 2025-yil davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati haqida batafsil axborot berdi. Jumladan, tumandagi ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, asfalt qoplamasi yotqizish ishlari sifatli tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

✅Belgilangan reja asosida joriy yilda tumandagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilishi, ushbu rejaga “Gulbog'” mahallasidagi yo‘llar ham kiritilgani aytib o'tildi.

✅Shuningdek, mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Aholining farovon yashashi yo‘lida davlatimiz rahbari e’tibori va qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari alohida qayd etildi.

✅Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan qator murojaatlar bildirildi. Xususan, elektr energiyasi ta’minoti, maishiy gaz ballonlarini o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish, chiqindilarni belgilangan kunlarda olib chiqish, ariqlarda oqar suv ta’minoti kabi masalalar ko‘tarildi. Ayrim murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

✅Deputat saylovchilar tomonidan bildirilgan masalalarni diqqat bilan ko‘rib chiqib, tegishli tushuntirish va tavsiyalar berdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

✅Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

✅Yig‘ilish yakunida bunday uchrashuvlar har chorakda muntazam ravishda o‘tkazib borilishi ma’lum qilindi.