Barcha yangiliklar
#nazorat
Gallery image 99356
Gallery image 99357
Gallery image 99358
Gallery image 99359
Gallery image 99360
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
03 Mar 2026
14:16

#nazorat

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji ortishi tabiiy. Shu bois, bozorlarda narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish va mahsulotlar mo‘lligini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Nargiza Atakulova shahrimizdagi “Oydin” dehqon bozorida bo‘lib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

✅ Go‘sht, yog‘, un, shakar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari;

✅ Bozor rastalaridagi mahsulotlar zaxirasi va sifati;

✅ Sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar.

Deputat Nargiza Atakulova bozor ma’muriyati va tadbirkorlar bilan suhbatlashib, Ramazon kunlarida narxlarni sun’iy ravishda ko‘tarmaslik, aksincha, xalqimiz uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

"Maqsadimiz — bayram arafasida har bir xonadon dasturxoni to‘kin, narxlar esa hamyonbop bo‘lishini ta’minlashga ko‘maklashish," — deydi deputat.

Narx-navo barqarorligi bo‘yicha deputatlik nazorati davom etmoqda