Barcha yangiliklar
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va hallolik”
Gallery image 99308
Gallery image 99309
Gallery image 99310
Gallery image 99311
Gallery image 99312
Gallery image 99313
Gallery image 99314
Gallery image 99315
Gallery image 99316
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
12 Mar 2026
14:05

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va hallolik”

Korrupsiya — bu aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga putur etkazuvchi jiddiy jinoyatdir. Biror bir mamlakat, biror bir mintaqa, biror bir jamiyat korrupsiyadan immunitetga ega emas. Korrupsiya poraxoʻrlik, ijtimoiy iste’mol uchun moʻljallangan tovar va xizmatlarni noqonuniy oʻzlashtirish, urugʻ-aymoqchilik, mahalliychilik kabi koʻrinishlarga ega.

Korrupsiya tadbirkorlikka, fanga, ta’limga, sogʻliqni saqlashga va boshqa koʻplab sohalarga jiddiy zarar yetkazadi, mamlakat korrupsiyalashgan tizimda muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi. Chunki u umumiy boylikning qisqarishiga yoki turgʻunligiga olib keladi.

Oqibatda, insonlarga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻ vositalari qisqarib, bu aholi yashash sharoitlariga salbiy ta’sir qiladi. Bularning hammasi davlat hokimiyati organlariga boʻlgan ishonchga putur yetishiga sabab boʻladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasi a’zolari Kadastr agentligi tuman bo‘limi va Kadastrlar palatasi tuman filialiga borib, “Korrupsiyasiz soha” dasturini muntazam tarzda joriy etish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazildilar.

Shuningdek, o‘rganish davomida ushbu tashkilotda xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida davra suhbatlari o'tkazildi. Davra suhbatida tumanda kadastr tizimida uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularning oldini olish borasidagi ishlar haqida so‘z yuritildi. Har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishi ta’kidlanib, fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish tizimi ochiq va shaffof sohaga aylanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.