Barcha yangiliklar
#nazorat tadbiri #o'rganish
Gallery image 99269
Gallery image 99270
Gallery image 99271
Gallery image 99272
Gallery image 99273
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
25 Fev 2026
13:50

#nazorat tadbiri #o'rganish

Olmaliq shahri so‘nggi yillarda sanoat markazi bo‘lish bilan birga, yashil hududlarni kengaytirishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Shahardagi xiyobon va bog‘larning bugungi holati bo'yicha Xalq deputatlari shahar Kengashining deputatlari hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyasi o'rganish olib bormoqda.

📥Mazkur o'rganishlardan biri shahrimizdagi "Delfin" akva bog'i bo'lib, yoz mavsumida barcha shahrimiz aholisini o'z bag'riga chorlaydigan maskan hisoblanadi. Ushbu bog'da attraksionlarning holati, yoritish tizimi, bo‘sh maydonlarda daraxtlarni ekilganligi, bog‘ ichidagi o‘yin maydonchalarining xavfsizlik darajasi deputat tomonidan o'rganildi.

✍️O'rganish jarayonida bog' ichiga ishchi xodimlar tomonidan daraxt ko'chatlari ekilayotganligi kuzatildi va deputat tomonidan mas'ul xodimlarga o'rganishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi.