Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Peshku tumanida sport maktab-internati faoliyati o‘rganildi
Gallery image 99246
Gallery image 99247
Gallery image 99248
Gallery image 99249
Gallery image 99250
Gallery image 99251
Gallery image 99252
Gallery image 99253
Gallery image 99254
Gallery image 99255
IMOMOV BEHRUZ DILMURODOVICH
12 Mar 2026
12:48

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Peshku tumanida sport maktab-internati faoliyati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Peshku tumanida sport maktab-internati faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi deputatlari A.Toshova, Z.Nurulloyev, I.Jumayev, viloyat Kengashi deputati S.Jumayeva hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida Peshku tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayoni Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan tavsiyalar asosida tashkil etilib, muassasada yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari, sport jihozlari ta’minoti hamda infratuzilma holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun mavjud imkoniyatlarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizimli ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati