Barcha yangiliklar
Deputat_mahallada
Gallery image 99222
Gallery image 99223
Gallery image 99224
RAHIMOV ABDURAHMON ILHOMJON O‘G‘LI
12 Mar 2026
12:07

Deputat_mahallada

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati Komiljon Mamunov o‘z saylov okrugidagi 24-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘qituvchilari, nuroniylar va ota-onalar bilan uchrashdi. 

Tashrif davomida deputat maktab rahbariyati va o‘qituvchilar bilan suhbatlashib nuroniylar, ota-onalarning taklif va murojaatlarini tingladi. 

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan malumot berdi. 

Yig‘ilishda ta’lim sifati, bolalar tarbiyasida oila maktab hamkorligi,jinoyatchilikni oldini olish, to‘y-marosimlarni tartibga solish,ichimlik suv taminotini yaxshilash masalalari ham muhokama qilindi. 

Deputat bildirilgan muammolarni o‘rganishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishini ta’kidladi