Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.
Gallery image 99105
Gallery image 99106
Gallery image 99107
Gallery image 99108
Gallery image 99109
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
12 Mar 2026
09:10

Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tomonidan Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig'inida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llar ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, ijtimoiy yordam va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal qilindi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yordam ko‘rsatish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.