Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 99092
Gallery image 99093
Gallery image 99094
Gallery image 99095
Gallery image 99096
Gallery image 99097
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
12 Mar 2026
08:32

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir qator muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi. Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglandi. Unda tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ekologiya, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kasb-hunar o‘rgatish dasturlarining ijrosi, irrigatsiya tizimlarining holati va ularni yaxshilash, koʻp qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi dasturlar ham ko‘rib chiqilib, ularni tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.