Barcha yangiliklar
Termizda ijtimoiy infratuzilma loyihalari doimiy nazoratda
Gallery image 99078
Gallery image 99079
Gallery image 99080
Gallery image 99081
Gallery image 99082
Gallery image 99083
Gallery image 99084
Gallery image 99085
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
11 Mar 2026
08:26

Termizda ijtimoiy infratuzilma loyihalari doimiy nazoratda

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda “Xalqparvar” komissiyasi raisi A.Mustafakulov Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Termiz filialida bo‘lib, qaror doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.

⏺Dastlab deputatlar tomonidan maktabning qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatiga, mablag‘larning maqsadli sarflanishiga hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va zamonaviy jihozlanish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

💬Shuningdek, nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi. Ushbu rekonstruksiya jarayoni shahar aholisi, xususan, yosh avlod uchun zamonaviy va sifatli ta'lim muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📶"Xalqparvar" komissiyasi va xalq vakillari tomonidan olib borilayotgan bunday nazorat tadbirlari — davlat mablag‘larining xalq manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi.