Barcha yangiliklar
🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M. Mirzayev va G‘. Madumarov tomonidan Xo‘japorso hamda Yo‘rmado‘z mahallalarida ta’mirtalab xonadonlar holatini o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 99062
Gallery image 99063
Gallery image 99064
Gallery image 99065
Gallery image 99066
Gallery image 99067
Gallery image 99068
Gallery image 99069
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
11 Mar 2026
23:24

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M. Mirzayev va G‘. Madumarov tomonidan Xo‘japorso hamda Yo‘rmado‘z mahallalarida ta’mirtalab xonadonlar holatini o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish jarayonida uy-joylarning mavjud holati, ta’mirga ehtiyoj darajasi hamda xonadon egalari duch kelayotgan muammolar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Jarayonda shahar Nuroniylar bo‘limi boshlig‘i, shahar xotin-qizlar bo‘limi rahbari hamda mahalla “yettiligi” vakillari ham ishtirok etdi.
🔹Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash zarurligi ta’kidlandi. Mazkur o‘rganishlar aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.