Barcha yangiliklar
Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 99055
Gallery image 99056
Gallery image 99057
Gallery image 99058
Gallery image 99059
Gallery image 99060
Gallery image 99061
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
11 Mar 2026
23:16

Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.

🔹Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati, “Yuksalish” harakati Farg‘ona viloyat bo‘limi boshlig‘i N.Elchiyeva, Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Marg‘ilon shahridagi Vatan va Chilonzor mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylarda Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning texnik holati, kirish yo‘laklari va yerto‘lalarining saqlanishi, ichki muhandislik tarmoqlari hamda sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ham tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, boshqaruv servis kompaniyalarining shartnoma asosidagi majburiyatlari, bajarilgan ishlar hajmi va moliyaviy intizomi yuzasidan ham tahlillar olib borildi.

🔹O‘rganish natijasida aniqlangan muammoli masalalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.