Barcha yangiliklar
Kengash qabulidagi fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi
Gallery image 99033
Gallery image 99034
Gallery image 99035
Gallery image 99036
Gallery image 99037
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
11 Mar 2026
21:34

Kengash qabulidagi fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi qabulida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va amaliy choralar ko‘rildi.
Xususan, Navro‘z va Do‘stlik MFY hududlaridagi ko‘p qavatli uylar bilan bog‘liq muammolar joyiga chiqib o‘rganilib, qator masalalar ijobiy hal etildi. Jumladan, ayrim uylarning tom qismi ta’mirlanib, pod’ezdlardagi elektr simlari tartibga keltirildi hamda elektr shitlari soz holatga keltirildi. Shuningdek, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
Bundan tashqari, ayrim ko‘p qavatli uylarning pod’ezd kirish eshiklarini o‘rnatish masalasi boshqaruv servis kompaniyasining reja-jadvaliga kiritilib, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ta’minlanishi ma’lum qilindi.
Mazkur murojaatlar deputat nazoratiga olinib, qolgan ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi ta’minlanadi.