Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING  O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 99017
Gallery image 99018
Gallery image 99019
Gallery image 99020
Gallery image 99021
Gallery image 99022
Gallery image 99023
Gallery image 99024
Gallery image 99025
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
11 Mar 2026
19:36

XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi va o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot, korxonalar rahbarlari ishtirokida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Nurmahmatov Saidali Mahmatqulovich olib bordi.

Sessiya kun tartibida 6 ta masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya ishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarorining tumanda ijrosini ta’minlash haqida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Xolniyozovning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullarning hisobotlari tinglanib, deputatlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Sessiya ishi “Facebook” ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.