Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 98973
Gallery image 98974
Gallery image 98975
Gallery image 98976
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
11 Mar 2026
17:52

Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sagirov Anvar Mutxatovich hamda Urganch shahar Kengashi deputatlari Boltayev Rustam Ismailovich va Sharipova Nargiza Umidovnalar tomonidan Urganch shahridagi "Avesto" va "Jingovuz" mahallalarida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 

Deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, saylovchilarning taklif va tashabbuslari hududlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Bu kabi ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.