Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN
Gallery image 98956
Gallery image 98957
Gallery image 98958
Gallery image 98959
Gallery image 98960
Gallery image 98961
Gallery image 98962
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
11 Mar 2026
17:20

DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati G.Raxmatova G‘ozg‘on shahar Tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, muassasaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining ish faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolarni bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati alohida o‘rganildi.
Mas’ullar bilan suhbat davomida dori vositalarining yetkazib berilishi, ularning hisob-kitobi va aholiga yetkazilish jarayoni yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

 Deputat fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Tashrif yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.