Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
Gallery image 98932
Gallery image 98933
Gallery image 98934
Gallery image 98935
Gallery image 98936
Gallery image 98937
Gallery image 98938
Gallery image 98939
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
11 Mar 2026
17:24

XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan “Bo‘rsiliq” MFY hududidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla yettiligi hamda maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, shuningdek, tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil davomida saylov okrugi tarkibidagi mahallalarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etildi. Jumladan, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni
hal etish borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi. Yakunda aholi tomonidan ko‘tarilgan, mahallada yechimini kutayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.