Barcha yangiliklar
Deputat_Faoliyatidan
Gallery image 98771
Gallery image 98772
Gallery image 98773
NAZAROVA NIGINA MANSUR QIZI
11 Mar 2026
15:49

Deputat_Faoliyatidan

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi!

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati U.Normatov “Nurobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Sirdaryo viloyat Kengashi deputati B.Sobirov ham ishtirok etdi.

✍️Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Xususan, ijtimoiy masalalar, bandlik, kridet va subsidiyalar ajratish hamda kundalik hayotda uchrayotgan boshqa muammolar yuzasidan taklif va murojaatlar tinglandi. Aksariyat murojaatlarga qabul jarayonidayoq yechim topildi. O‘rganish talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosini taʼminlash bo‘yicha muddatlar belgilandi.

✅Bunday uchrashuvlar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, joylardagi muammolarni tezkor aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.