Barcha yangiliklar
#Doimiy komissiya yig‘ilishi#
Gallery image 98665
Gallery image 98666
Gallery image 98667
Gallery image 98668
Gallery image 98669
Gallery image 98670
Gallery image 98671
Gallery image 98672
Gallery image 98673
Gallery image 98674
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
11 Mar 2026
15:21

#Doimiy komissiya yig‘ilishi#

          Xalq deputatlari Jalakuduk tuman Kengashining Maxalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari xamda Ijtimoiy soha,yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy qomissiyalarining kengaytirilgan yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda
xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi
16-sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, aholi turmush darajasini oshirish, kommunal va ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tegishli tashkilot va muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchilik va muammolarga alohida e’tibor qaratildi.Yig‘ilishlarda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilotlar raxbarlari va vakillar, OAV vakillari ishtirok etdilar. Muhokamalar yakuniga ko‘ra, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalari ishlab chiqilib, xalq deputatlari Jalakuduk tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi