Barcha yangiliklar
#Seesiya
Gallery image 98641
Gallery image 98642
Gallery image 98643
Gallery image 98644
Gallery image 98645
Gallery image 98646
Gallery image 98647
Gallery image 98648
Gallery image 98649
Gallery image 98650
Gallery image 98651
Gallery image 98652
Gallery image 98653
Gallery image 98654
Gallery image 98655
Gallery image 98656
Gallery image 98657
Gallery image 98658
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
19 Fev 2026
15:17

#Seesiya

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida shahar hokimi va uning o‘rinbosarlariga biriktirilgan mahallalarda 2026-yil fevral oyida amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar ish rejalari, shahar markaziy ko‘chalaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini belgilash, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini moliyalashtirish, shuningdek, mahalliy budjetning erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 2025-yil mahalliy budjet daromad va xarajatlari ijrosi, 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, Kengash va doimiy komissiyalarning 2026-yil ish rejalari, deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berish grafigi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi yuzasidan axborotlar tinglandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan Kengash qarorlari qabul qilindi.