Barcha yangiliklar
Deputat mahallada
Gallery image 98516
Gallery image 98517
Gallery image 98518
Gallery image 98519
Gallery image 98520
TUYCHIYEV ULUGBEK BAXTIYOROVICH
11 Mar 2026
14:36

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi 13- Farg‘ona okrugi deputati N. Uralova Bog‘ishamol mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabul jarayonida moddiy yordam, oila turmush, ish, chiqindilar masalasida murojaatlar kelib tushdi. Deputat tashabbusi bilan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaat mahalla raisi A. Abduqodirov va hokim yordamchisi Sh. Olimovlar bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida "Dilxumor serviz" XK tomonidan chiqindi olib ketilishi lozim , lekin chiqindi vaqtida olinmasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek chiqindi tashlash uchun yo‘laklar mavjud emasligi va atrofi suv, loyqa bo‘lganligi uchun aholi chiqindini ko‘chaga tashlab ketayotganligi ham aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotga murojaat chiqarish belgilandi.