Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 98502
Gallery image 98503
Gallery image 98504
Gallery image 98505
Gallery image 98506
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
11 Mar 2026
13:47

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan Islom taraqqiyot banki moliyalashtirayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida “Cho‘mishli” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 14-sonli umumiy ta’lim maktabi uchun yangi zamonaviy bino qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

Deputatlik nazorati davomida loyiha hujjatlari hamda tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishilib, qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi. Qurilish jarayonida belgilangan me’yor va talablarni to‘liq bajarish, ishlarni tasdiqlangan jadval asosida olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.