Barcha yangiliklar
Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
Gallery image 98467
Gallery image 98468
Gallery image 98469
Gallery image 98470
Gallery image 98471
Gallery image 98472
Gallery image 98473
Gallery image 98474
Gallery image 98475
Gallery image 98476
Gallery image 98477
IMOMOV BEHRUZ DILMURODOVICH
11 Mar 2026
12:24

Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi

Bozorlarda narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida aholi manfaatlarini ta’minlash, bozorlarda narx-navolar barqarorligini nazorat qilish hamda aholining kundalik iste’moli uchun zarur mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari siyosiy partiyalar vakillari bilan hamkorlikda tuman hududidagi bozorlarda o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish jarayonida savdo rastalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan un, go‘sht, yog‘-moy, sabzavot va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar yetarliligi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, narxlarning barqarorligini ta’minlash, aholiga zarur mahsulotlarning uzluksiz yetkazib berilishi yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati