Barcha yangiliklar
Sayyor qabul
Gallery image 98399
Gallery image 98400
Gallery image 98401
Gallery image 98402
Gallery image 98403
Gallery image 98404
Gallery image 98405
Gallery image 98406
Gallery image 98407
Gallery image 98408
QURBONOV JAMOLIDDIN XAYITQUL O‘G‘LI
11 Mar 2026
10:41

Sayyor qabul

Katta Rovot mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 10-mart kuni Bo‘ka tumanining “Katta Rovot” mahallasida tuman hokimi S.Isakulov hamda tuman Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri A.Nishonov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, moddiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish, ularni tezkor va manzilli hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.