Barcha yangiliklar
Chilonzor tumanida yo‘l ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida.
Gallery image 98393
Gallery image 98394
Gallery image 98395
Gallery image 98396
Gallery image 98397
Gallery image 98398
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
11 Mar 2026
10:38

Chilonzor tumanida yo‘l ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining “2026-yilda Toshkent shahri Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi jamoat transporti qatnaydigan ko‘chalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi II-18-13-14-204-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tegishli ishlar olib borilmoqda.
 

Mazkur qarorga muvofiq, Chilonzor tumani Chilonzor-2 tor ko‘chasida ta’mirtalab bo‘lgan yo‘l qismida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar va haydovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish maqsadida olib borilayotgan mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Miryunusov Alisher Xabibullayevich tomonidan qat’iy nazoratga olindi. 

Deputat mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holatini yaxshilash borasidagi ishlar jarayonida faol ishtirok etdi. 

Hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.