Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari tinglandi
Gallery image 98337
Gallery image 98338
Gallery image 98339
Gallery image 98340
Gallery image 98341
Gallery image 98342
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
11 Mar 2026
08:45

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi Zohid Ostonov o‘z saylov okrugidagi “Shibzon” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Zohid Ostonov mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, hududda olib borilayotgan ishlar, aholi muammolari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan suhbatlashdi.

Shuningdek, mahallaga turli masalalar yuzasidan murojaat bilan kelgan fuqarolar qabul qilinib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mahalla yettiligi bilan birgalikda muhokama o‘tkazilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot olib borish, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish va mahalla tizimi faoliyatini yanada samarali tashkil etish muhim ekani alohida ta’kidlandi.