Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari **Nafosat Allaberganova** tomonidan 3-son maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 98280
Gallery image 98281
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
10 Mar 2026
21:14

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari **Nafosat Allaberganova** tomonidan 3-son maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning hozirgi holati, kitob fondi, abonentlar soni hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari yuzasidan deputat hamda maktab jamoasi o‘rtasida muhokamalar olib borildi. Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, kutubxona sharoitlarini yaxshilash, kitob fondini boyitish hamda o‘quvchilarni kutubxonaga kengroq jalb etish bo‘yicha deputat va maktab jamoasi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.